“Kamp Nou” nomi oʻzgarishi mumkin. “Barselona“ esa 140 mln. yevro yoʻqotdi
Ispaniyaning “Barselona“ futbol klubi vitse-prezidenti Jorji Kardoner ESPN telekanaliga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi sabab musobaqalardagi vaqtinchalik tanaffus jamoani 120 mln.-140 mln. yevroga “tushirgan“.
Shulardan 60 mln. yevrosi oʻyinlar va klub muzeyi chiptalari sotuvidan, 39 mln. yevro teletranslyatsiyalardan kelib tushishi kerak edi. Klub doʻkonlari va futbol maktablaridan esa 20 mln.dan 25 mln. yevrogacha mablagʻ ishlab olinardi.
Kardoner yuzaga kelgan ogʻir vaziyat tufayli jamoa rahbariyati “Kamp Nou“ stadioni nomini oʻzgartirish huquqini 25 yillik muddat bilan sotish imkoniyatini koʻrib chiqyapti. Bundan oldin katalonlar buni kelgusi mavsumda amalga oshirishni rejalashtirishayotgani va kelib tushgan mablagʻlarni xayriyaga sarflashini maʼlum qilishgandi.
2018/2019 moliya yili yakuniga koʻra, “Barselona“ rekord darajada, yaʼni 990 mln. yevro daromad koʻrgandi. Xarajatlar esa 973 mln. yevroni tashkil etgan, soliqlar toʻlagandan keyin qolgan sof foyda 5 mln. yevro boʻlgandi. Joriy yilgi mavsumda esa 1,047 mlrd. yevro daromad olish maqsadi qoʻyilgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi ushbu maqsadlarni oʻzgartirib yubordi.
Oqibatda 10-aprel kuni klub direktorlar kengashining olti aʼzosi isteʼfoga chiqdi. Vitse-prezidentlar Enrike Tombas va Emili Ruso, boshqaruv kotibi Jordi Klasamilya, shuningdek, Jozep Pont, Silvio Elias va Mariya Teyshidor jamoadan ketishini maʼlum qilgandi. Ular mazkur qarorlarini katalon klubi boshqaruvida yoʻl qoʻyilayotgan xatolar va istiqbolning yoʻqligi bilan izohlashdi.
Ispan klublariga 4-maydan mashgʻulotlarga qaytish uchun ruxsat berildi. La-Liga rahbariyati mamlakat chempionati iyun oyida boshlanib, yoz oxiriga qadar yakunlanishini eʼlon qilgan.
Ayni paytga kelib “Barselona“ 27 turdan keyin 58 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib kelyapti. Madridning “Real“ida esa 56 ochko bor va u ikkinchi oʻrinda. Kuchli uchlikni 47 ochko toʻplagan “Sevilya“ yakunlab turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring