Yoʻqolsin bunaqa erkaklar! — Kusherbayev Surxondaryoda boʻlgan voqea haqida

20:58 02 May 2021 Jamiyat
2502 0

"Bugun ertalabdan surxondaryolik qandaydir oʻqimishli vrachning oʻz jiyanining ayoli va yosh bolalarni urib, uydan haydamoqchi boʻlgan videosi taʼbimni xira qildi

Kun shu kayfiyatda boshlandi.

Bilmadim nima uchun, biroq erkak kishining ayolga qoʻl koʻtarishini koʻrish juda azobli. Va afsuski bunday hodisalar oʻtmishda qolib ketgani yoʻq, balki ayni kunlarda ham koʻz oʻngimizda sodir boʻlyapti.

Videodagi holat boʻyicha bugunoq Ichki ishlar vazirligining masʼullariga chiqdim.

Ularning bildirishicha, maxsus ishchi guruhi holatni oʻrganishni boshlabdi.

Internet tarmoqlarida tarqalayotgan videodagi holatdan kelib chiqib, huquqni muhofaza qilish idoralari quyidagi jihatlarga albatta huquqiy baho berishlari shart, deb hisoblayman:

Birinchidan, yoshi katta erkak (erkak nomiga nomunosib boʻlsa ham) ayol kishini yosh bolalari koʻz oʻngida kaltaklab tan jarohati yetkazgani;

Ikkinchidan, erkak kishining yosh bolalarning qorin sohasiga tepib, ularni koʻz oʻngida bola psixologiyasiga salbiy taʼsir oʻtkazuvchi harakatlar sodir etgani;

Uchinchidan, oʻsha zoʻravon shaxsning oʻz nomiga oʻtkazib olgan uy joy boʻyicha mavjud hujjatlarning asosliligi. Bunda Uy joy kodeksiga asosan bolalari bilan birga shu uyda kelin sifatida yashab, uy joy qurgan ayolning mulkdor sifatidagi huquqlariga putur yetgan yoki yetmagani;

Toʻrtinchidan, zoʻravon erkakning oʻz jiyanining xotini va onasini fohishalikda oshkora ayblashida tuhmat va haqorat elementlarining mavjud yoki mavjud emasligi;

Beshinchidan, ushbu erkakdan muttasil kaltaklanib kelgan ayol va uning bolalari yordam soʻrab profilaktika inspektori va mahalla raisiga qilgan murojaatlari ular tomonidan rad etib kelinganligining asosliligi.

Prokuratura organlaridan ushbu voqea boʻyicha batafsil maʼlumot va zoʻravon erkakning harakatlari boʻyicha koʻrilgan choralar haqida axborot kutamiz.

Yoʻqolsin bunaqa erkaklar!" deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev.

Deputat birozdan soʻng oʻz telegram kanalida bu haqida yana shunday post qoldirdi:

"Surxondaryodagi ayolning kaltaklanish holati boʻyicha IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda ekan.

Maʼlum boʻlishicha, holat Denov tumanida sodir boʻlgan. Yaʼni tumandagi “I.Turayev” SIU, “Buyuk ipak yoʻli ” mahallasida yashovchi Q.S. 2021-yil 22-aprel kuni viloyat IIB 102 raqamiga qoʻshnisi X.G. urib tan jarohati yetkazganligi haqida murojaati va tuman markaziy kasalxonasining 25-apreldagi xabarnomasi navbatchilik qismida qayd etilib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazilganda fuqaro Q.S. ga “yengil tan jarohati” yetkazilgan, deb xulosa chiqargan.

Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot berilar ekan.

Umid qilamizki, barcha holatlar xolis oʻrganilib, hammasiga toʻgʻri huquqiy baҳo beriladi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер