Ijod ahli muxlislar davrasida
Foto: “Xalq soʻzi”
Oqdaryo tumanidagi 32-umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron hamda yozuvchi va jurnalist Orziqul Ergashev bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Orziqul Ergashev Oqdaryo farzandi, Darxon qishlogʻida tugʻilgan. 1975-yilda Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini tugatgandan buyon Toshkentda yashaydi, umrini ijodga bagʻishlab keladi.

Orziqul Ergashevni ijod ahli zukko jurnalist, talabchan muharrir, bagʻrikeng inson, mahoratli yozuvchi sifatida qadrlaydi. U uzoq yil respublika radio va televideniyesida faoliyat koʻrsatgan boʻlsa-da, badiiy ijod bilan muntazam shugʻullanib keldi. “Dunyoning bir chekkasi”, “Bolaligim koʻchalarida”, “Shohsanam”, “Dargʻom qissalari”, “Qalb gavhari”, “Yulduzsiz osmon”, “Oqar daryo” kabi kitoblar muallifi. Bundan tashqari, “Eng aziz, eng ulugʻ” (1917), “Vatan uchun yashaylik!” (2021) respublika tanlovlarida gʻoliblikni egallagan.

Uchrashuvda yigʻilganlar ijodkorning tanlangan asarlari va boshqa qissa hamda hikoyalari haqida, ajoyib fazilatlari toʻgʻrisida maroq bilan soʻzlashdi.
Binobarin, tadbirga Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning birga kelishi ham bejiz emas. Ular 40-yildan buyon poytaxtda hamkorlikda ishlashadi, ijodiy muloqotda boʻlib kelishadi. Shu sababli soʻzga chiqqanlar “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf, shoir Aziz Said, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xosiyat Bobomurodova, “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi” jurnali bosh muharriri Tohir Doliyev, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Toshpoʻlat Tugalov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Oygul Mamatova, Farmon Toshev ikkala adib faoliyatining, ijodining oʻziga xos qirralari, adabiyotning bugungi ahamiyati xususida mulohaza yuritdilar.

Oqdaryodagi “Sheryuraklar” ijodiy jamoasi mualliflar asarlaridan kichik sahna koʻrinishlarini ijro etishdi. Tadbir tom maʼnoda adabiyot bayramiga aylanib ketdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring