Ijara toʻlovlari faqat “Mening uyim” platformasi orqali hisob-kitob qilinadi va aholi uchun ochiq boʻladi

13:34 29 Yanvar 2024 Siyosat
229 0

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Hozirda koʻp qavatli uylardagi 2 mingta yertoʻla tadbirkorlarga ijaraga berilmasdan, boʻsh yotibdi.

Vaholanki, bu orqali mahallalarda 20 mingta ish oʻrni yaratish va ijaradan yiliga 150-200 milliard soʻm qoʻshimcha daromad topish mumkin.

Endi koʻp qavatli uylar yertoʻlasi va boʻsh joylarini ijaraga berishni yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda:

— yertoʻla va boʻsh maydonlar haqida maʼlumotlar raqamlashtirilib, “Mening uyim” tizimiga bogʻlanadi hamda aholi va tashabbuskorlarga ochiq eʼlon qilinadi;

— ijara toʻlovlari faqat “Mening uyim” platformasi orqali hisob-kitob qilinadi va aholi uchun ochiq boʻladi.

Bundan tashqari, kompleks rahbariyatiga avariya holatidagi uylarni renovatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?