“Istiqlol mevalari — bu yoshlar”
Foto: Dinara Chirkova, “Xalq soʻzi”
Mustaqillik taqdim etgan imkoniyatlar tufayli koʻplab yosh isteʼdodlar kashf etildi. Bugun ular ijodning turli yoʻnalishlarida koʻplab muvafaqqiyatlarga erishib, yurtimizni tarannum etib kelmoqdalar. Ularning har bir ijodida, yutuqlarida istiqlolning oʻrni aloihda ahamiyatlidir. Bu haqida Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida Mustaqilligimizning 28 yilligiga bagʻishlangan “Istiqlol mevalari” madaniy-maʼrifiy tadbirida ham alohida eʼtirof etildi.
Tadbir “Umrboqiy meros” Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati targʻibot markazi tomonidan tashkil etilib, taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, davlat va nodavlat tashkilot vakillari, sanʼatkorlar va yosh ijodkorlar jam boʻldi.
— Istiqlol mevalari bu — yoshlar. — deydi markaz direktori Lutfiya Mirzayeva. — Shu maʼnoda, istiqlol farzandlarining kuch-gʻayratini, ijodini namoyish etish uchun, ularga yana bir karra ilhom bagʻishlash uchun eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz arafasida koʻrgazmali tadbirni tashkil etishni maqsad qildik. Bunda yosh ijodkorlar oʻz kuy-qoʻshiqlari, sheʼrlari bilan taniqli ijod ustalari eʼtibor va eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda. Bu yoshlarga oʻz navbatida kuch-gʻayratini, vatanga muhabbatini yana bir karra oshiradi.
Tadbir doirasida “Umrboqiy meros” Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati targʻibot markazi tomonidan tashkil etilgan “Ohu” yosh ijodkorlar klubining “Baxt qoʻngʻirogʻi” respublika yosh ijodkorlar almanahi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Shuningdek, “Sharq ziyokori” kitoblar markazi tomonidan koʻrgazma-savdosi tashkil etildi.
Yulduz OʻRMONOVA
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring