Isteʼdodli ijodkordan ikki tuhfa
Rahmatjon BOBOJONOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida isteʼdodli shoir, nosir, tarjimon, publitsist va pedagog Humoyun Akbarning “Yomgʻir” sheʼrlari toʻplami va “Anaxita” romani taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, ijodkorning oila aʼzolari va doʻstlari, shuningdek, talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida soʻzga chiqqanlar mehnatkash va isteʼdodli ijodkorning asarlari, bosib oʻtayotgan hayot yoʻli, soʻnggi yillardagi ijodiy izlanishlari, ushbu yangi nashrdan chiqqan kitoblarning mazmun-mohiyati borasida soʻz yuritishdi.
— Humoyun Akbar nomini bugun adabiyot ixlosmandlari yaxshi biladi, — dedi Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali. — U nazmu nasrda ham, tarjima sohasida ham birday faol va bu koʻpchilikning havasini keltirishi bor gap. Ijodkor ukamizga adabiyotning shonli yoʻlida hamisha zafar yor boʻlishi tilayman.

Darhaqiqat, uning “Yurakdagi rangin kamalak”, “Unutilmagan gul”, “Dilxiroj” kabi bir qator sheʼriy kitoblari keng oʻqirmanlar qoʻliga yetib borgan. Shuningdek, taʼlim sohasida orttirgan tajribalari, taassurotlari natijasida yozilgan “Yetti saboq” nomli pedagogik dostoni, “Talabalar shaharchasi”, “Saboqlar” singari sheʼriy kitoblari ham oʻz muxlislarini topgan. Humoyun Akbar ijodining yana bir jihati — tarjima sanʼatidir. Bu yoʻlda uning yoshlarga oʻrnak boʻluvchi asarlarni tanlab olganiga guvoh boʻlamiz. Lev Tolstoy, Herman Hesse, Marsel Prust, Gabriel Garsiya Markes, Chingiz Aytmatov kabi oʻttizdan ortiq taniqli adiblar asarlari shular jumlasidandir. Uning publitsist sifatida yozgan koʻplab esse va maqolalari ham mushtariylar eʼtibori, mehru muhabbatiga sazovor boʻlgan.

Yakunda sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar yangradi. Yigʻilganlarga toʻplamlar sovgʻa qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring