Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bormoqda.
“Al Jazeera” telekanalining Gʻazodagi muxbiri falastinlik otalar Isroilning doimiy hujumlari hamda Gʻazoga kiritilishi kerak boʻlgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, dori darmon hamda tibbiy buyumlarga qoʻyilgan taqiqlar tufayli oʻz farzandlarini boqolmaslik holatlari koʻpaygani hamda mahalliy aholi vakillari kuchli psixologik muammolarga duch kelayotgani haqida maʼlumot bergan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gʻazodagi mahalliy aholi vakillari hozir oziq-ovqat mahsulotlariga har doimgidan koʻra koʻproq muhtoj ekanligini taʼkidlamoqda. Shuningdek, yuz minglab falastinliklar ochlik tufayli halok boʻlishi yoki ogʻir, asoratli xastaliklarga chalinishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Gʻazo hukumati matbuot boʻlimining maʼlum qilishicha, Isroilning Gʻazoga qilgan hujumlari oqibatida shu bugunga qadar 61 ming 700 nafar falastinliklar halok boʻlgan. Yana minglab vayronalar ostida bedarak yoʻqolganlar halok boʻlganligi taxmin qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring