Isroilning yerosti kasalxonasi hujumga tayyorlanmoqda
Isroilning shimolidagi Hayfa shahrida ulkan yerosti shifoxonasi mavjud. U beton devorlar bilan qoplangan boʻlib, operatsiya xonalari, tugʻruq boʻlimi, tibbiyot anjomlari bilan taʼminlangan. Hozircha u yerda bemorlar yoʻq, kasalxona kutilajak janglar oldidan tayyor holga keltirilmoqda. Ushbu joy 2006-yilgi Isroil—“Hizbulloh” urushidan keyin qurilgan.
Muassasa 2 mingdan ortiq oʻringa ega. Isroilga katta hujum sodir boʻlgan taqdirda, bemorlarni qabul qiladi. Mintaqada keskinlik taranglashgan bir paytda shifokorlar ham janglar tezroq tugashidan umidvor. Hayfa shahri Livanga yaqinligi va “Hizbulloh”ning raketalari odamlarni xavotirga soladi.
Ushbu hududda yashovchilar favqulodda vaziyatlarda mashqlar oʻtkazishga oʻrganib qolgan, hatto maktab oʻquvchilari ham hujum sodir boʻlganda nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi.
“Bu soatli bombaga oʻxshaydi. Xohlagan vaqtda signal chalinishi mumkin. Men oʻlamanmi tirik qolamanmi? Oilamni koʻrishga imkonim boʻladimi-boʻlmaydimi, bilmayman”, deya oʻz holatini tasvirlagan shu yerlik aholidan biri.
Saksondan oshgan shahar meri uyqusiz tunlari haqida gapirar ekan, oʻz boʻynida katta masʼuliyat turganligini anglaydi. Yona Yahav 2006-yilgi urush paytida ham shaharni boshqargan.
“Men juda afsusdaman. Rahbarlar qurish oʻrniga vayronagarchilik, oʻldirish, jang bilan shugʻullanadi”, degan shahar meri. Hayfa “aralash shahar” deb atalib, isroillik arablarning katta qismi isroillik yahudiylar bilan birga yashaydigan joydir. Yahavning aytishicha, bu tinch jamiyat, ammo hozirgi mojaro vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring