Isroil Yahyo Sinvar oʻldirilganini maʼlum qildi (+video)
Isroil askarlari Gʻazoda tasodifiy toʻqnashuv chogʻida HAMASning asosiy yetakchisi Yahyo Sinvarni oʻldirgan. Sinvar Isroilning eng katta qoʻrqinchi va tashkilotning eng muhim shaxsi edi. Bu haqda BBC xabar bergan.
Maʼlum qilinishicha, Sinvar Gʻazo va Falastin hududini “besh qoʻliday” bilar, Isroilning harakatlarini oldini olar va tutqich bermas edi. Taqdim etilgan videoda Yahyoning yuzi aniq koʻrinmagan boʻlsa-da, u ekanligi aytilayotgan shaxsning xaroba binoda dron bilan yuzlanib turgan tasvirlari tarqalgan.
Isroil Mudofaa kuchlari Sinvar oʻsha paytda toʻgʻridan-toʻgʻri nishonga olinmagan, ammo Rafahdagi muntazam patruldan keyin aniqlanganini aytdi. Yahyoning jasadi dastlab voqea joyida qoldirilgan, biroq keyinchalik DNK testida uning shaxsi tasdiqlangani aytilmoqda.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qotillikni muhim gʻalaba deb taʼrifladi, ammo Gʻazodagi urush davom etishini bildirdi. Isroil HAMAS tomonidan garovga olingani iddao qilinayotgan 101 kishini qutqarish ustida ishlamoqda.
Sinvarning oʻldirilishi Isroil uchun erishilgan asosiy maqsaddir, ammo harbiy amaliyotlar davom etishi kutilmoqda. Oxirgi haftalarda HAMASning boshqa yetakchilari ham nishonga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring