Isroil kuchlari Suriya hududiga kirdi
Isroil harbiylari yakshanba kuni Isroil va Suriya oʻrtasidagi Golan tepaliklari bufer zonasiga tanklarni joylashtirdi va oldinga harakat boshlashdi.
Yurish Isroilning 1973-yilda Yom Kippur urushi tugaganidan va 1974-yilgi oʻt ochishni toʻxtatishdan keyin birinchi marta “ochiq bostirib kirishi” boʻldi. Bu haqida “The New York Times” xabar bergan.
Isroil kuchlari chegaraning Suriya tomonidagi Xermon togʻining choʻqqisini, shuningdek, hududdagi nazoratni barqarorlashtirish uchun muhim deb topilgan boshqa bir qancha joylarni nazoratga olgan.
Dam olish kunlarida Isroil harbiy-havo kuchlari isyonchi kuchlar qoʻliga tushishi mumkin boʻlgan va Isroil tomonidan strategik tahdid sifatida koʻriladigan hukumat harbiy obyektlarini yoʻq qilish uchun ham zarbalar berdi.
Isroil harbiy voizi Avichay Adraeye yakshanba kuni bufer zonadagi beshta Suriya qishlogʻida komendantlik soati eʼlon qilib, aholiga keyingi ogohlantirishgacha uyda qolishni buyurdi. Bunda harbiylar Suriyaning ichki voqealariga aralashmasligini maʼlum qilgan.
Isroil rasmiylari va tahlilchilar al-Assad hukumatining qulashi Isroilga qarshi hujumlar uyushtirishga intilayotgan jangari guruhlarga kuch berishi mumkinligidan xavotirda ekanligini aytgan.
Bu holatda Netanyaxu harbiylar joylashtirilishi vaqtinchalik deb taʼkidlagan boʻlsa-da, Isroil Suriyadagi beqarorlikdan foydalanishga urinishi mumkinligidan ham xavf kelib chiqmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring