Islom Maxachev amerikalik sportchini “ishonchsiz” raqib sifatida tanqid qildi

Foto: Sports24
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev AQSHlik sportchi Maykl Chandlerning jang taklifini rad etdi. Bu haqda Islom oʻzining “X” tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qilgan.
Rus sportchisi chempionlik jangi uchun unga “haqiqiy raqib” kerakligini taʼkidlagan. Chandlerning maʼlum qilishicha, unga oktyabr oyida Maxachev bilan chempionlik jangi taklif qilingan, ammo buning oʻrniga Konor Makgregor bilan jang qilishni afzal koʻrgan.
Chandler “UFC 303”da Makgregorga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq irlandiyalikning jarohati tufayli jang qoldirilgandi. Makgregor 2021-yilda “UFC 264” musobaqasida oyogʻi singanidan beri jang oʻtkazmagan. Chandlerga qarshi kutilayotgan javob jangi esa hozircha noaniq.
Maxachev 2015-yildagi debyutidan buyon UFCʼda dominant boʻlib kelmoqda. U ketma-ket 14 ta jangda gʻalaba qozongan. Islom 2022-yilgi “UFC 280” turnirida Charlz Oliveyrani magʻlub etib, yengil vazn toifasida UFC chempionligini qoʻlga kiritgandi.
Avvalroq, Rossiya Federal soliq xizmati (FNS) 297 million rubl qarzi sabab sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovning hisob raqamlarini muzlatgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring