Iskandar Zulqarnayn aniqlagan “Niyat” chashmasi
Urgut tumani Quyiqishloq qishlogʻida bundan 200-yil oldin bunyod etilgan masjid boʻlib, uning qurilgan paytida ekilgan ikki tub 200 yoshli chinor daraxti hamda masjid hovlisida shu yerlarda yashab oʻtgan Taylan bobo Ismoilov tomonidan ekilgan 5 tub 100 yoshdan oshgan chinor daraxtlari aniqlandi.
Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabariga koʻra tegishli soha vakillari yordamida mazkur daraxtlar roʻyxatga olinib, davlat muhofazasiga olish ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, Gʻoʻs va Soygʻoʻs qishloqlari oraligʻida bir paytlar Begov Qurbon boboga tegishli boʻlgan hovlida aylanasi 6,5 metr, diametri 2,7 metr, balandligi esa taxminan 30 metrlar keladigan 500 yoshli chinor daraxti ham aniqlanib, roʻyxatga olish ishlari olib borilmoqda.
Mahalliy aholi keksa vakillarining aytishicha, bir paytlar Iskandar Zulqarnayn yurtimizga Tojikiston togʻlari orqali dovondan oshib Urgutning Soygʻoʻs mahallasi hududidagi “Niyat” chashmasi atrofidan qoʻnalgʻa sifatida foydalanadi. Oʻsha paytlarda qishning sovuq kelganligi bois bir necha vaqt mobaynida shu yerda qolishga majbur boʻlishgan.
Mazkur yerlarda Iskandar Zulqarnaynning askarlari koʻmilgan qabriston ham saqlanib qolgan ekan.
Soygʻoʻs qishlogʻining yuqori qismida Gʻoʻs va Soygʻoʻs kabi bir necha qishloq va mahallalarni ichimlik suvi bilan taʼminlovchi mazkur “Niyat” bulogʻi atrofida 4 dona tut va 1 tub yongʻoq daraxtlarining ham 100 yoshdan oshganligi aniqlandi. Hozirda mazkur daraxtlar ham davlat muhofazasiga olish uchun rasmiylashtirilmoqda.
Abdulaziz Yoʻldoshev,
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring