Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil qilinadi
Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda yangi uy-joylarning tannarxiga toʻxtalib oʻtildi. Quruvchilar uchun moliyaviy resurs yetishmasligi, bori ham qimmatligi koʻrsatib oʻtildi.
Resurs yoʻqligi uchun quruvchilar aholi mablagʻlarini poydevor quyish bosqichida jalb qilib, ulushdor sifatida rasmiylashtirayotgani, ayrim nopok quruvchilar hisobiga odamlar himoyasiz qolayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Hozirgi amaliyotga muvofiq, kadastr hujjati yoʻq uyga ipoteka krediti berish mumkin emas.
Shulardan kelib chiqib, mutasaddilarga ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil qilish topshirildi.
Uy-joy qurilishiga aholi ulushdor boʻlib kirishini huquqiy tartibga solish va qurilish korxonalariga aylanma mablagʻni koʻpaytirish vazifasi qoʻyildi.
Joriy yilda 80 ming xonadonli 1 ming 800 ta uy-joy qurish va “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini 38 tadan 45 taga yetkazish maqsad qilib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring