Insoniy qiyofani yoʻqotmaylik

15:30 08 Oktyabr 2025 Jamiyat
120 0

Toshkent texnologiya, menejment va kommunikatsiya institutida “Din mavzusida ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri va oqilona foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda taniqli din ulamolari, mutaxassislar, olim-professorlar, oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda Islom Moturidiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik taʼlimoti tadqiqotlari boʻlimi boshligʻi Alloqulov Abdulatif soʻzga chiqib, keyingi yillarda dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va diniy ekstremizm tahdidlari, unga qarshi kuch ishlatish yoʻli bilan emas, maʼrifat bilan kurashish muhimligini taʼkidladi.

Davra suhbatida mutaxassislar va yoshlar oʻrtasida yurtimizdan yetishib chiqqan koʻplab buyuk allomalarning islom dini va rivojiga qoʻshgan hissasi haqida ochiq muloqot oʻtkazildi. Toshkent texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti boʻlim mutaxassisi, tadqiqotchi Dilobar Nurmurodova hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning olamshumul ilmiy va ijodiy faoliyati haqida gapirarkan, imoni butun, ruhi pok, irodasi baquvvat, vijdoni uygʻoq odamni aslo yengib boʻlmasligi, bu fazilatlar qadrini yoʻqotmasligi haqida toʻxtaldi.

“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ilmiy loyihalari bilan qatnashgan isteʼdodli yoshlarning maʼruzalari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

«Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер