Indoneziya O‘zbekiston orqali kauchuk eksport qilmoqchi

O‘zbekiston Indoneziya tabiiy kauchugini MDH mamlakatlariga reeksport qilish bo‘yicha maxsus “xab”ga aylanishi mumkin. Bu haqda Plastinfo internet-nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tadbirkorlari va Indoneziyaning kauchuk ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik korxonalari o‘rtasidagi muzokaralarda indoneziyalik ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonga mahsulot eksport qilishga qiziqish bildirishgan. Aynan shu yo‘l orqali ular kauchukni avvaliga O‘zbekistonga, keyin esa O‘zbekiston orqali boshqa MDH davlatlariga sotishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston 2018 yilda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, xususan Indoneziya, Singapur va Malayziya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirmoqda. Respublikaning diplomatik idoralari turli biznes forumlari tashkil etmoqda va investitsiya jalb qilish uchun sharoitlar yaratib bermoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring