“Ilk rivojlanish markazi” ehtiyojmand oilalar tashvishini yengillashtiradi
Buxoro viloyatining biratoʻla uchta tumanida “Ilk rivojlanish markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Gʻijduvon, Vobkent va Jondor tumanlarida ochilgan bu maskanlar bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash imkonini beradi.
— Xayrli ish ehtiyojmand oilalar farzandlarini bepul maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishda qoʻl kelmoqda, — deydi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼul xodimi Iroda Oripova. — Uchala markaz ikki milliard soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga taʼmirlandi. Kichkintoylar uchun xavfsiz oʻyin maydonchalari barpo etildi. Sinf xonalari oʻquv-uslubiy jihozlar bilan taʼminlandi. Ayni damda ularda jami 720 nafar bola qamrab olingan.

Alohida parvarishga muhtoj kichkintoylar ham eʼtibordan chetda qolgan emas. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun uyga tashrif buyurgan holda taʼlim individual tarzda tashkil etilmoqda. Mutaxassislar fikriga qaraganda, “Ilk rivojlanish markazi” bolajonlarning yoshiga mos bilim berish bilan bir qatorda oʻrtadagi mehr-oqibat rishtalarini ham mustahkamlaydi. Bunday markazlar faoliyati viloyatda bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilmoqda.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring