Ilk marotaba akademik litseylar uchun davlat taʼlim standarti ishlab chiqildi

20:07 17 Fevral 2022 Jamiyat
1933 0

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan akademik litseylarning ikki yillik taʼlim tizimi uchun ilk bor “Oʻrta maxsus taʼlimning davlat taʼlim standarti” (DTS) ishlab chiqildi va belgilangan tartibda Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olindi.

DTSda Oʻz Dst 3596:2021 “Oʻrta maxsus taʼlimning davlat taʼlim standarti”ning maqsad va vazifalari, asosiy prinsiplari, tarkibiy qismlari hamda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablarining tuzilishiga qoʻyilgan talablari belgilangan.

Mazkur DTS Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi barcha akademik litseylar, shuningdek, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari faoliyatini va ularning oʻquv jarayonini, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash sifatini baholash hamda malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер