Ikki hududda 460 mln soʻmlik gaz oʻgʻirlangani aniqlandi
Videodan kadr
Xorazm va Andijon viloyatlari umumiy qiymati 460 million soʻm boʻlgan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
Xususan, tumanning “Kavrak” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. A. xonadonidagi elektron gaz hisoblash uskunasidan tashqari rezina shlang orqali tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanib kelgan. Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 232 million 439 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Yuqoridagi kabi tadbirlardan yana biri “Hududgaz Andijon” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi, Oʻzenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida Andijon shahrida oʻtkazilgan.
Unda shaharning “Oʻrikzor” MFY Boburshoh koʻchasida joylashgan “M.S.D.” MCHJga qarashli savdo doʻkoni binosida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, tegishli shartnoma va loyiha-texnik hujjatlarisiz tarmoqqa ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha ham tegishli dalolatnoma tuzilib, 228 million 153 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring