Isroilni UEFAdan chetlatish boʻyicha 70 dan ortiq futbolchi chaqiruv bilan chiqdi
Isroil futbol federatsiyasini UEFAdan chetlatish boʻyicha 70 dan ortiq futbolchi UEFA rahbari Aleksander Cheferinga maktub bilan chiqdi. Bu haqda “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
“Falastinda inson huquqlarini jiddiy poymol etayotgan mamlakatga UEFAda oʻrin yoʻq. Ular genotsid va insoniyatga qarshi jiddiy jinoyatlar uyushtirmoqda. Bunga jim qarab turishga hech kimning haqqi yoʻq”, — deyiladi UEFA rahbariga yoʻllangan maktubda.
Ushbu chaqiruv bilan chiqqan futbolchilar qatorida Pol Pogba, Anvar El-Gazi, Xakim Ziyesh va Adama Traore kabi jahon futboli yulduzlari ham bor.
Maʼlumot uchun, oldinroq UEFA Isroilni musobaqalardan chetlatish masalasini koʻrib chiqqan va yakunda ushbu masala rad etilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring