Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimidan ozod etildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga oʻrinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Prezidentning tegishli farmoni bilan:
Xilola Uktamovna Umarova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimidan ozod etildi;
Tamila Anvarovna Aliyeva Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Timur Nuryigitovich Butunbayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv taʼminoti tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;
Nodira Jalalovna Xakimova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Sherzod Farxod oʻgʻli Ozodzoda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etildi;
Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring