Harbiyning bir kuni
Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlash, ularda harbiy kasbga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, yoshlarni harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishtirish orqali vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Harbiyning bir kuni” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda poytaxtimizning A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli “Mehribonlik uyi”ning tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi faxriylari, professor-oʻqituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar, Vazirlik Matbuot xizmati xodimlari hamda Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar Akademiya kursantlarining kundalik harbiy xizmat faoliyatini his qilgan holda, real kunlik harbiy xizmatni oʻtash tartibi asosidagi yuqori saviyada tashkil etilgan ssenariy boʻyicha erta tongdan to kechga qadar yaqindan tanishdilar.
Tadbir avvalida Akademiyaning kun tartibiga muvofiq, kursantlarning ertalabki uygʻon komandasidan boshlanadigan xizmatga kirishgan bir guruh yosh havaskor harbiylar, avvalo yotoqxona oʻrin joylarini tartibga keltirish hamda ertalabki badantarbiyadan boshlashdi. Soʻngra yuvinish, ertalabki nonushta, saf tayyorgarligi jarayonlari ularni bu sohaga yanada qiziqishlarini uygʻotdi.
Shundan soʻng, maxsus oʻquv harbiy qurol-aslahalar va kuch vositalar, yongʻin va qutqaruv xizmatida foydalaniladigan texnikalar, maxsus asbob-anjomlarning koʻrgazmali namoyishlari, kursantlar ishtirokidagi oʻquv minorasining 4-qavatidan oʻz-oʻzini qutqarish hamda ishgʻol qilish narvoni yordamida 4-qavatga koʻtarilish mashqining namoyishi, kursantlar tomonidan yongʻin oʻchirish amaliy sporti boʻyicha jangovar yoyilish, maxsus yongʻin-qutqaruv avtomobillari orqali koʻrgazmali namoyishi hamda kursantlar sport turining qoʻl jangi boʻyicha chiqishlari yoshlarning harbiy sohaga va qutqaruvchilik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshishiga sabab boʻldi.
Ayniqsa, mardlik, jasurlik, fidoyilik va matonat kabi fazilatlarni oʻz ichiga olgan filmlar namoyishi, shuningdek, Akademiyaning orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan jonajon Vatanimizni madh etuvchi kuy qoʻshiqlar ularning isteʼdodlarini namoyon qilishga undadi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Yoshlarning havaskor ijodkorligini namoyon etuvchi kuylangan taronalar barchaning qalbida iliq taasssurotlar qoldirdi.
Tushlikdan soʻng, turli toʻgaraklar misolida tashkil etilgan sohaga taalluqli va badiiy kitoblar mutoaalasi, doʻstona sport musobaqalari hamda havaskor ijodkorlarni oʻz ichiga olgan qiziqarli mashgʻulotlar ularni yana bir bor harbiy sohaga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan yoshlarga Akademiya rahbariyatining sertifikatlari va tashakkurnomalari hamda esdalik sovhalari tantanali topshirildi.
— Bugungi kunda yoshlarimizda yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, Ona-yurt taqdiri uchun masʼuliyat tuygʻusini mustahkamlash, ularni oʻz kasbiga sadoqatli va har tomonlama yetuk kadrlar etib tarbiyalash har birimizning burchimizdir, — deydi podpolkovnik Toʻlqin Rajabov. — Yosh avlod vakillari bilan harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi tadbirlarni tizimli olib borish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlar zamirida yoshlarning harbiy sohaga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshirish mujassamdir.
Farhodjon XOʻJAYEV,
FVV Akademiyasi katta oʻqituvchisi, mayor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring