Hamkorlikni yanada rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollari muhokama qilindi

10:25 23 Fevral 2023 Jamiyat
436 0

Bosh prokuraturada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuror oʻrinbosari S.Artikova va Shveysariya Konfederatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi K.Obalenskiy oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlari oʻrtasida huquqiy sohada shakllangan munosabatlarning bugungi kundagi holati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuv ishtirokchilari boʻlib oʻtgan muloqotning ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlarining huquqiy masalalar boʻyicha munosabatlarni mustahkamlashda va uning yanada rivojlanishida yangi turtki boʻlishini taʼkidladilar.

Uchrashuv ikki tomonlama konstruktiv muloqot va oʻzaro anglashuv ruhida oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер