Hafta davomida kunlar yana isib, harorat 32 darajagacha koʻtariladi

“Oʻzgidromet” 6-10-oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Harorat foni iqlim meʼyoridan biroz yuqori boʻladi. Harorat kechalari 8-13 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari hafta boshida 20-25 daraja boʻladi, hafta oxiriga kelib 23-28 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 30-32 darajagacha koʻtariladi.
10-oktyabr, juma kuni respublika shimolida baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
Bugun, 6-oktyabr kuni kunduzi havo harorati 22-24 darajani tashkil etadi. Hafta davomida kechalari 9-12 daraja, kunduz kunlari 23-26 daraja atrofida boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring