Guljanoy Naimova — Paralimpiada chempioni!
Para-taekvondochimiz Guljanoy Naimova jamoamiz uchun Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga chiroyli yakun yasab berdi. Hamyurtimiz Braziliya vakiliga qarshi kechgan bahsda gʻalaba qozonib, oltin medal sohibasiga aylandi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Shiddatli kechgan jangda Naimova oʻzining aniq va ishonchli harakatlari bilan raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. Qayd etish joiz, ushbu sportchimiz Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiyamiz nomidan ishtirok etgan eng soʻnggi vakilimiz boʻldi. Bir oz avval para-yengil atletikachimiz Muhammad Rexsimov F61 toifasida yadro uloqtirish bahslarida 6-natijani qayd etdi.
Shu tariqa, Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarini Oʻzbekiston delegatsiyasi 19 ta medal (8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza) bilan yakunladi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bunday natija bilan barcha hamyurtlarimizni, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi, butun jamoamizni qutlab qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring