“Guliston”da zamonaviy bogʻcha qurildi

Yangiqoʻrgʻon tumanining “Guliston” mahallasida 44-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun tiklangan hashamatli bino kichkintoylar va ularning ota-onalariga bayram sovgʻasi boʻldi. 3,5 milliard soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan inshootda bolajonlarning namunali taʼlim va tarbiya olishi uchun barcha sharoit muhayyo qilingan.
— Yaqin vaqtgacha moslashtirilgan binoda ishlab keldik, — deydi DMTT mudirasi Nilufar Amanbayeva. — Endi imkoniyatlarimiz kengaydi. Ikki qavatli va yetarlicha xonalarga ega binoda mashgʻulotlarni talablar darajasida tashkil etish orqali faoliyatimizni yanada yuqori bosqichga koʻtaramiz. Kichkintoylarimiz soni ham ortib 160 nafarga yetdi. Ayni paytda bogʻchamizda bayramoldi shukuhi hukmron. Erta-indin Istiqlolning 34-yilligi sanasi va katta guruhni maktabga kuzatish tantanalarini oʻtkazamiz.
Maʼlumot uchun, Namangan viloyatida joriy yilda bitta maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun yangi bino qurilib, 6 ta bolalar bogʻchasida rekonstrukisya va mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring