Gulchilikdan uch yuz million soʻm daromad

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijonda tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha oʻzi xos tajriba maktabi yaratilgan. Shu bois har bir qarich yerning oʻz hisobi bor. Misol uchun, Shahrixon tumanidagi “Yangi” mahallasida yashovchi Dilmurodjon Ahmedovni olaylik. U oʻzi yashab turgan hovlida 12 sotixdan iborat issiqxona barpo etdi-yu, ishlari ham yurishib ketdi.
— Mahallamizdagi har bir xonadonning qoʻshimcha daromad manbai mavjud, — deydi D. Ahmedov biz bilan suhbatda. — Kimdir chorvachilik bilan shugʻullansa, boshqa birov uzumchilikning hadisini olgan. Shaxsan men gulchilik bilan shugʻullanaman. Koʻpchilik bu soha faqat bahorda daromad beradi, deb oʻylashadi. Aksincha, xaridorlar yil davomida arimaydi.
Dilmurodjon parvarishidagi gullar turi yuzdan ortdi. Eʼtiborli jihati shundaki, u hovlidan tashqariga chiqmay turib, qoʻshni davlatlarga eksport faoliyatini yoʻlga qoʻygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring