“Grenlandiya savdosi”: Tramp uchun Daniya bilan xaridni boshlashga imkon beruvchi qonun loyihasi tayyorlandi
AQSH kongressidagi respublikachilar tomonidan Donald Tramp prezidentlikka kelganidan soʻng Grenlandiyani sotib olish amaliyotini koʻzda tutuvchi “Make Greenland Great Again Act” deb nomlangan qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Bu amaldagi prezidentga inauguratsiyadan soʻng darhol Daniya bilan Grenlandiyani sotib olish boʻyicha muzokaralarni boshlash va kelishuv tuzilgach byudjet mablagʻlarini taqsimlashi uchun Kongressga murojaat qilish imkonini beradi.
Tennessi shtatidan respublikachi Endi Ogls soʻnggi yillarda Jo Bayden AQSH obroʻsini toʻkib yuborgani, Tramp esa Amerikaga yana birinchilikni qaytarish niyatidaligini bildirib, uni qoʻllashga chaqirgan.
“Amerika iqtisodiy va xavfsizlik manfaatlari endi eʼtibordan chetda qolmaydi, Vakillar palatasidagi respublikachilar Trampga Amerika xalqi manfaatlari yoʻlida muvaffaqiyat qozonishida yordam berishga tayyor”, degan Ogls.
Tramp Grenlandiya, shuningdek, Panama kanali kabi obyektlarni qoʻlga kiritish borasida jamoatchilik fikrini ham keskin oʻz tomoniga ogʻdirib bormoqda. U hattoki bu hududlarni kuch bilan tortib olish variantini bergan.
Respublikachilar “Grenlandiya xaridi”ga qattiq qiziqib qolishdi. Bunga sabab esa ushbu hudud AQSHning asosiy raqiblaridan biri boʻlgan Rossiya yaqinidagi strategik imkoniyat boʻlib tuyulayotganidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring