Google: Androidʼda tasdiqlanmagan dasturchilarning ilovalarini oʻrnatish taqiqlanadi
Google kelasi yildan boshlab sertifikatlangan Android qurilmalariga faqat verifikatsiyadan oʻtgan dasturchilar tayyorlagan ilovalarni oʻrnatishga ruxsat berishini maʼlum qildi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Syuzanna Freyga tayanib, TASS xabar berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, yangi tartib foydalanuvchilarni xakerlar hujumidan himoya qilishga qaratilgan.
— Xakerlar oʻzlarini dasturchi sifatida koʻrsatib, ishonch uygʻotadigan ilovalar yaratmoqda. Bunday dasturlar orqali ular foydalanuvchilarning moliyaviy maʼlumotlarini oʻgʻirlash va boshqa hujumlarni amalga oshirishga urinmoqda, — dedi Frey.
Google tahliliga koʻra, zararli dasturlar internetdagi uchinchi tomon manbalarida Google Playʼga qaraganda 50 baravar koʻproq uchraydi.
Shu bilan birga, dasturchilar oʻz ilovalarini xohlasa boshqa onlayn resurslar yoki mustaqil ilovalar doʻkonlari orqali tarqatishda davom etishi mumkinligi ham qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring