Germaniyaning GIZ loyihasi doirasidagi hamkorlik
Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihasi innovatsiyalar boʻyicha menejeri, qisqa muddatli ekspert Sebastyan Xeld Boysun tumaniga tashrifi doirasida 1-son politexnikum, “Feruza hunarmand” va “Shaxrinaz Dreams” hunarmandlik markazlari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — hamkorlar bilan loyiha boʻyicha oʻzaro aloqalarni mustahkamlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganishdan iborat.

Sebastyan Xeld taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar uchun amaliyot va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan bir qator amaliy taklif va tavsiyalarni ham ilgari surdi.
Tashrif yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy hunarmandchilik va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, shuningdek, milliy qadriyatlarni saqlash va targʻib qilishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishib oldi.
— Biz uchun GIZ loyihasi doirasidagi hamkorlik juda katta ahamiyatga ega, — deydi “Feruza hunarmand” hunarmandlik markazi rahbari Feruza Xoliqova. — Bu nafaqat hunarmandchilik sohasiga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish, balki mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tajribasini xalqaro darajaga olib chiqish imkonini ham beradi. Tashrif davomida ekspert Sebastyan Xeld bilan amaliy fikr almashdik, yoshlarning hunarga qiziqishini oshirish, ular uchun malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish haqida gaplashdik. Oʻz mahsulotlarimiz orqali milliy qadriyatlarimizni zamonaviy dizayn bilan uygʻunlashtirib, jahon bozoriga olib chiqishni maqsad qilganmiz.

Bunday tashriflar nafaqat mahalliy iqtisodiyot rivojiga, balki yoshlar ongida yangicha fikrlash, zamonaviy texnologiyalar va milliy anʼanalar uygʻunligini taʼminlashga ham xizmat qiladi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring