Germaniyada koronavirusga qarshi vaksina sinovida ijobiy natijalar olindi

Foto: DW
Germaniyada koronavirusga qarshi vaksina sinovida ijobiy natija olingan. Bu haqda “CureVac AG” farmatsevtika kompaniyasi tomonidan maʼlum qilindi.
Tadqiqotlarda vaksinaning atigi 2 mikrogramm dozasi “SARS-CoV-2“ virusini zararsizlantirish uchun kuchli immunologik reaksiyani yuzaga keltirishi mumkinligi kuzatilgan.
Shu bois “CureVac AG” koronavirusga qarshi ushbu vaksina yozda klinik sinovlardan oʻtkazish boshlanishi rejalashtirmoqda.
Kompaniya bosh texnologiya mutaxassisi, doktor Mariola Fotin-Mlechek bu voqeaga izoh berar ekan “Natijalar vaksinalar sohasida inqilob qilish imkoniyatlarini namoyish etadi“ degan.
Bosh ijrochi direktori doktor Frans Verner-Xaas esa “Bizning tajribamiz va ilgʻor texnologiyalarimiz yordamida hozirgi kabi virus tarqalishiga qarshi kurashishda qodir ekanligimizga hamda yondashuvimiz koʻplab odamlarni “SARS-CoV-2“ va boshqa sogʻliqqa tahdidlardan himoya qilish uchun eng yaxshi imkoniyatni yaratishga ishonchimiz komilligini koʻrsatdi“ dedi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring