Germaniya Bundesligasi yoki Angliya Premyer-ligasi
“Real Madrid” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso faoliyatini Angliya yoki Germaniyada davom ettirishi mumkin. Angliyaning “The Independent” nashri xabariga koʻra, “Tottenhem” oʻz bosh murabbiyi Tomas Frankka isteʼfo bermoqchi. Agar bu ish amalga oshsa, “Tottenhem” klubi bosh murabbiyligiga Xabi Alonso taklif qilinishi mumkin.
Germaniyaning “Bild” nashri esa Xabi Alonso Germaniyaga qaytishga yaqin ekani haqida xabar bermoqda. Manbada yozilishicha, Xabi Alonso “Ayntraxt” klubida ishini davom ettirishi mumkin.
Maʼlumotlarga koʻra, “Ayntraxt”ning sport direktori Markus Kreshe Xabi Alonso bilan uchrashish va uni bosh murabbiy etib tayinlash masalasini muhokama qilishni xohlamoqda.
Eslatib oʻtamiz, Xabi Alonso joriy yilning 12-yanvar kuni oʻz arizasiga koʻra, “Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring