Gender tenglik: Oʻzbekiston sud tizimida ayollarning oʻrni
Bugun poytaxtimizda BMT tomonidan taʼsis etilgan 10-mart — Xalqaro ayol sudyalar kuniga bagʻishlangan tantanali uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etib soʻzga chiqdi.

“Birinchi bor aynan ushbu xalqaro sana munosabati bilan ayol sudyalarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Men buni qatʼiyati va halolligi bilan odil sudlovni amalga oshirayotgan insonlarga boʻlgan yuksak hurmat ifodasi, deb bilaman”, dedi Saida Mirziyoyeva.
Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash va ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish davlat siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Respublikada gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan islohotlar natijasida soʻnggi 10-yilda ayol sudyalar soni 2 barobarga oshdi.

Umuman olganda, Oʻzbekiston sud tizimida ayol sudyalar ulushi 15 foizni tashkil etib, 2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasida ushbu koʻrsatkichni 30 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Tarixda ilk bor Oʻzbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etildi. Odil sudlov akademiyasida ayollar uchun kvotalar belgilandi. Assotsiatsiya sud tizimida ustoz-shogird anʼanasini shakllantirish, oʻzaro faol tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydonga aylanishi kutilmoqda.


Bu chora-tadbirlar xotin-qizlarning huquqlarini muhofaza qilish va barqaror rivojlanishni taʼminlashda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishini amalda koʻrsatib, sudlarning odil va ochiq idora sifatida qabul qilinishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, gender tenglikni taʼminlash — ayollarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ularning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish shu bilan birga, gender tenglik siyosatini dunyo hamjamiyati bilan hamohang ruhda olib borilishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring