Gaz va “svet”dan noqonuniy foydalangan fuqarolar davlat va jamiyatga qariyb 500 million soʻm zarar yetkazdi

14:07 30 Sentyabr 2025 Jamiyat
190 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro Gʻ.S. “Chorbaxossa” MFY hududidagi novvoyxonada tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 200 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.

Shu kabi yana bir holat departamentning Sardoba tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.

Unga koʻra, fuqaro “B.S.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 128 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻlgan.

Bundan tashqari, departamentning Toshkent tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “D.D.” xonadonidagi novvoyxonasida tijorat maqsadida gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 127,3 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер