Gʻalabangiz muborak boʻlsin yosh saylovchilarim!
Kuni kecha Jizzax viloyatining “ZOMIN” markaziy oʻyingohida Mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati RAISI KUBOGIning Jizzax viloyati final bosqichi oʻtkazildi. Final bosqichida Jizzax shahrining Turon MFY hamda Arnasoy tumanining Yangiboʻston jamoalarining final uchrashuvi. Gʻoliblikni esa 2:1 hisobi bilan Jizzax shahrining Turon MFY jamoasi qoʻlga kiritdi.
Hurmatli Turon MFYdagi yosh saylovchilarim!
Avvalambor Sizlarni viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritganliklaringiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Men sizlarning bu yoʻlda marrani baland olib, yagona kuch boʻlib, harakat qilishingizga va Respublika bosqichida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritishingizga albatta ishonaman!
Men sizlar bilan haqli ravishda faxrlanaman!
Sizlar bunga albatta qodirsiz!
Yoshlar qudratli davlatimizning ertangi kuni, yangi Oʻzbekistonimizning poydevori sanaladi. Zero, ularning sogʻlom va komil inson boʻlib voyaga yetishlari mamlakat istiqbolini belgilab beradi. Shu maʼnoda, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini hayotga joriy etishda Davlat xavfsizlik xizmati ham oʻzining sezilarli hissasini qoʻshib kelmoqda.
“Sogʻlom yoshlar - yangi Oʻzbekiston kelajagi” shiori ostida oʻtkazilayotgan ushbu musobaqalar yoshlarimizning oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari uchun yana bir imkoniyat sanaladi. Taʼkidlash lozimki, DXX Raisi kubogini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Abdulaziz Xujakov
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring