Futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionatining saralash bosqichi boshlandi
Foto: OʻFA
2026-yilda Saudiya Arabistoni 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Joriy yilning 3-9-sentyabr kunlari ushbu musobaqaning saralash bosqichi oʻyinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.
Bugun, 3-sentyabr Osiyo maydonlarida mazkur saralashning 1-tur uchrashuvlari start oldi. Xususan, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi dastlabki tur doirasida shri-lankalik tengdoshlari bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 4:0 hisobiga Ravshan Haydarov shogirdlarining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Rustam Turdimurodov (2 ta), Umarali Rahmonaliyev va Sardor Bahromovlar mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi guruhdagi navbatdagi oʻyinini 6-sentyabr kuni “E” guruhi mezboni Qirgʻiz Respublikasi termasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring