Fuqarolarni AQSH va Slovakiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi

23:10 11 Sentyabr 2025 Jamiyat
143 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “A.D.” xususiy korxonasi menejeri fuqaro B.Sh. fuqarolar Sh.A. va L.I.ni Slovakiya davlatiga ishga yuborishi uchun ishchi vizasini olib berishini aytib, ulardan 7 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, fuqaro B.B. ikki nafar fuqaroni Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborish uchun viza hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер