FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekistonga keldi
FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni sport vaziri Adham Ikramov, Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Maʼlumot uchun, tashrif doirasida Infantino mamlakatda futbolni yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni muhokama qiladi va Milliy futbol markazi faoliyati bilan tanishadi.
Shuningdek, FIFA rahbari 2025-yilgi CAFA Nations Cup turnirining final uchrashuvini ham tomosha qiladi. Finalda Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari maydonga tushadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring