Fidoyi olim, jonkuyar muallif
Foto: Халқ сўзи
“Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyatida akademik Naim Karimov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
12-dekabr kuni taniqli adabiyotshunos olim tabarruk 90 yoshga toʻladi. Tadbirda soʻz olganlar Naim Karimovni qutlugʻ yoshlik yubileyi bilan tabriklarkan, uning davlat va jamoat ishlaridagi faoliyatiga, salmoqli ilmiy-ijodiy merosiga, jumladan, milliy adabiyotni rivojlantirish, jadidchilik harakatining yetakchilari boʻlgan shoir va yozuvlarning nomi hamda asarlarini xalqimizga tanishtirish, xotirasini abadiylashtirish borasidagi xizmatlariga alohida eʼtibor qaratdi.
Olim keyingi besh-olti yilda ham barakali ijod qilmoqda. Yaqinda maʼrifatparvar shoir Usmon Nosir hayoti va ijodiga bagʻishlangan asari kitob holida nashr etildi. Matbuotda, xususan, “Xalq soʻzi”, “Народное слово” gazetalarida mamlakatimizda turli sohalarda yuz berayotgan hayotbaxsh oʻzgarishlar, jumladan, adabiyot, maʼnaviyat, ilm-fan rivoji, soʻz va ijod erkinligini taʼminlash, ijodkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyati hamda boshqa dolzarb mavzulardagi maqolalari bilan muntazam qatnashib kelmoqda.
— “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalarini tashkil etilganidan buyon kuzatib kelaman. Mustaqil Vatanimiz matbuotining dargʻalaridan hisoblangan ushbu nashrlar bugun ham hayotimizni turli rakurslardan yoritib kelmoqda. Sahifalarida oʻnlab maqolalarim dunyo yuzini koʻrib, yurtdoshlarimiz xonadonlariga kirib borgan, xalqimiz qalbidan joy olgan. Shu bois tahririyatda, bu yerda ishlayotgan ijodkorlar davrasida oʻzimni begona his qilmayman. Bugungi eʼtibordan ham juda xursandman, — dedi Naim Karimov.
Tadbirda olim oʻzining ijodiy faoliyati bilan bogʻliq xotiralarini yigʻilganlarga soʻzlab berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring