Farg‘onalik ishbilarmon O‘zbekistonda zirhli avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Asli farg‘onalik bo‘lgan, ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi 38 yoshli millioner mashinasoz Ulug‘bek Maxsumov O‘zbekistonda zirhli avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirayapti. Bu haqda “Центральноазиатская новостная служба” axborot manbasi xabar berdi.
Tadbirkorning aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning investorlar uchun qulay sharoitlar yaratib berish to‘g‘risidagi so‘zlaridan so‘ng unda O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish istagi tug‘ilgan.
- O‘zbekiston Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar xalq turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Men Farg‘onada o‘sganman. Vatanimga borib, yuzlab ish o‘rinlari yaratish va o‘z mamlakatim rivojiga hissamni qo‘shishni xohlayman, - dedi Ulug‘bek Maxsumov.
U BAAga 2006 yilda turist sifatida borgan. 2012 yilda esa Dubayda harbiy va noharbiy zirhli avtomobillar ishlab chiqaruvchi “INKAS” zavodiga asos solgan. Ayni paytda mazkur korxona tomonidan yiliga o‘rtacha 800 ta zirhli avtomashina tayyorlanmoqda. “INKAS” o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Dubaydagi eng yirik zavod hisoblanadi.
Ulug‘bek Maxsumovning ta’kidlashicha, uning korxonasida ayni paytda o‘nta rusumdagi shunday transport vositalari yetkazib berilayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- OʻFA 5 yoʻnalishda yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring