Fargʻonada muammolar «mahallabay» tizimida oʻrganilyapti
Prezidentimiz barcha darajadagi rahbarlarga faoliyati davomida eng quyi tizim – mahalladagi aniq holatni oʻrganishni muhim vazifa sifatida belgilab berayotgani bejiz emas.

Bu yurtimizdagi har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mahallaning “oʻsish nuqta”larini aniqlash imkonini beradi. Shu asosda har bir mahallaning oʻziga xos hayot tarzidan kelib chiqib, hududlarni rivojlantirish dasturlari va kambagʻallikni qisqartirish rejalari ishlab chiqiladi.
Ayni kunlarda Fargʻona viloyatining shahar-tumanlarida Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar hamda masʼul idoralar vakillaridan iborat respublika Ishchi guruhi aʼzolari tomonidan «mahallabay» kesimida muammolarni oʻrganish va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari masʼul rahbarlari Margʻilon shahridagi 54 ta MFYda boʻlib, xonadonma-xonadon aholi vakillari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar oʻtkazyapti. Samimiy muloqotlarda kredit olish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy tavsiya va maslahatlar berilyapti.
— Mahallamizda 800 dan ortiq xonadon bor va aksariyat oilalar hunarmandchilik, tadbirkorlik bilan shugʻullanadi, — deydi “Yoyilma” MFY raisi Roziqjon Ahmedov. — Ammo muammo va kamchiliklarimiz ham yoʻq emas. Shu bois respublika Ishchi guruhi aʼzolarining tashrifi mahalladoshlarimizni behad mamnun etdi. Chunki bevosita ularning koʻmagida koʻplab masala va muammolar tezkorlik bilan ijobiy hal etilyapti.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring