Fargʻonada 18 yashar yigit 24 yoshli erkakni pichoqlab ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻlda turgan fuqaro pichoqlab ketilgani tasvirlangan video tarqaldi. Fargʻona viloyat IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 21-may kuni Margʻilon shaharda yashovchi 18 yoshli S.T. oʻtkir tigʻli jism bilan 24 yoshli hamshahari A.A.ning oʻng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uchun xavfli boʻlgan tan jarohati yetkazgan.
Jabrlanuvchi hodisa joyidan qochib ketishi hamda guvohlarning faol qarshiliklari tufayli S.T. jinoiy rejasini oxiriga yetkaza olmagan va voqea joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.
Shifokorlar tomonidan oʻz vaqtida koʻrsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlanib qolingan.
Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring