Fargʻona viloyatida sud boshqaruvchisi yordamchisi qoʻlga olindi
Fargʻona viloyatida sud boshqaruvchisi yordamchisining noqonuniy harakati fosh boʻldi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida faoliyati toʻxtatilgan mineral oʻgʻitlar ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi ishlab chiqarish kooperativiga (IChK) biriktirilgan sud boshqaruvchisi yordamchisi mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJning mazkur ICHKdagi 1 mlrd 502 mln soʻm miqdoridagi haqidan 300 mln soʻmini undirib berish evaziga 4 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u 48 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring