Fabio Kannavarodan omadli debyut
Foto: O‘FA
Kecha, 9-oktyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Quvayt termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.
Uchrashuv Fabio Kannavaro shogirdlarining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 10-daqiqada Eldor Shomurodov tomonidan ochildi.
Oradan 9 daqiqa vaqt oʻtib, Hojimat Erkinov “oq boʻrilar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuvda boshqa hisob oʻzgarmadi va Oʻzbekiston terma jamoasi 2025-yilda qoʻlga kiritilgan 6-gʻalabasini qabul qilib oldi.
Ushbu gʻalaba evaziga Oʻzbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingidagi hisobiga 2,05 ballni qoʻshib qoʻydi va onlayn holatda 1 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa oktyabr oyidagi ikkinchi oʻyinini 14-oktyabr kuni oʻtkazadi. Ushbu bahsda Oʻzbekiston termasiga Urugvay raqiblik qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring