Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
Ispaniyada maymun chechakdan oʻlim qayd etildi. Bu Yevropada ushbu infeksiyadan birinchi oʻlim holati hisoblanadi.
“El Mundo” nashri xabariga koʻra, bu maʼlumotni Ispaniya sogʻliqni saqlash vazirligi ham tasdiqladi.
Voqea Ispaniyaning Valensiya viloyatida qayd etilgan. Taʼkidlanishicha, oʻlimning yakuniy sabablari hali aniqlanmagan. Taxmin qilinishicha, uning oʻlimiga maymun chechak bilan bogʻliq boʻlgan ensefalit sabab boʻlgan.
Avvalroq Braziliyada mamlakatda maymun chechakdan birinchi oʻlim holati tasdiqlangan edi. Qayd etilishicha, 41 yoshli marhumning immunitetida jiddiy muammolar boʻlgan.
Nyu-Yorkda maymun chechak kasalligi avj olgani sababli 29-iyul kuni favqulodda holat eʼlon qilindi.
Nyu-York gubernatori Keti Xokul shtatdagi maymun chechak epidemiyasi haqidagi soʻnggi maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, u virusga qarshi kurashish boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirish uchun favqulodda holat eʼlon qilishga majbur ekanligini aytgan edi.
27-iyul holatiga koʻra, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 78 mamlakatda maymun chechak bilan kasallanganlar soni 18 ming nafarga yetgan.
23-iyul kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maymun chechak epidemiyasini global sogʻliqni saqlash uchun favqulodda holat deb eʼlon qildi. Bunga uning tez yuqishi sabab sifatida koʻrsatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring