Yevropa yadroviy qurol bilan qayta qurollanishi kerak – Yoshka Fisher

16:35 29 Yanvar 2026 Dunyo
391 0

Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Yoshka Fisher Yevropa yadroviy qurol bilan qayta qurollanishi kerakligini aytib oʻtdi. U bu haqida “Tagesspiegel” nashriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

“AQSHning xavfsizlik kafolatlari endi ishonchli emas. Germaniya boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda Yevropada yetakchilik uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi kerak. Buning uchun Yevropa yadroviy qurol bilan qayta qurollanishi lozim”, — degan Yoshka Fisher.

Shuningdek Fisher, barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari birgalikda yadroviy qurollanishni amalga oshirishni taklif qilgan.

“Germaniya endi hech qachon yolgʻiz harakat qilmasligi kerak. Yevropalik sheriklarimiz yonimizda tura olishlari shart. Yadroviy qurollanishni faqatgina Germaniya uchun milliy vazifa sifatida koʻrish notoʻgʻri boʻladi. Zamon oʻzgardi, bizga tahdidlar koʻpaydi. Biz oʻzimizni himoya qila olishimiz kerak”, — deb qoʻshimcha qilgan sobiq siyosatchi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?