Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar parlamentlari bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi
BAAning Dubay shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Yevropa Ittifoqi parlamentlari delegatsiyalari aʼzolari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Ularda siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalar, shuningdek, inson huquqlarini taʼminlash, global iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish masalalarida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamkorligini mustahkamlash borasida parlamentlar salohiyatidan keng foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Avstriya parlamenti vakillari qayta tiklanadigan energiya manbalari, xususan, shamol energiyasidan foydalanish yoʻnalishida Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Islandiya delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuvda parlamentlararo munosabatlarni yoʻlga qoʻyish borasida fikr almashildi. Islandiya tomoni Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Oʻzbekiston bilan aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Polsha Senati aʼzosi bilan boʻlib oʻtgan muloqotda ekologik muammolarning oqibatlarini bartaraf etish yoʻnalishida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratildi. Polsha tomoni Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlashda YIning ijtimoiy jamgʻarmasi bilan hamkorlikda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi. Shuningdek, choʻllanib borayotgan hududlarda oʻrmon massivlarini barpo etishda oʻzaro tajriba almashishga kelishib olindi.
Ruminiya parlamenti vakili bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki davlat parlamentlari oʻrtasidagi aloqalarni kuchaytirish masalasi ustuvor boʻldi. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarda taʼlim, qishloq xoʻjaligi, ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarida oʻzaro tajriba almashish kabi jihatlarga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.
Sloveniya delegatsiyasi rahbari bilan boʻlib oʻtgan suhbat davomida ikki davlat parlamentlari aʼzolari oʻrtasida yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyish orqali parlamentlararo hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring