“Euronewsport”: Oʻzbekiston rivojlanishning yangi bosqichiga oʻtmoqda
Turkiyaning mashhur “Euronewsport” jurnalining sentyabr oyi sonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Nashr mualliflari mamlakatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari va amalga oshirilgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlarni yuqori baholadi.
Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurash boʻyicha koʻrilayotgan qatʼiy choralarga alohida eʼtibor qaratilmoqda, COVID-19 tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan global inqiroz fonida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni meʼyorlashtirish jarayonining muvaffaqiyatli va izchil xarakteri qayd etildi.
Materialda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili davlat dasturi”ning bajarilishi toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar keltirilgan. Qayd etilishicha, 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasini izchil amalga oshirish orqali Oʻzbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda.
Shuningdek, nashr mualliflari Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama hamkorlik masalalarini batafsil tahlil qilgan. Oʻzaro hamkorlikning misli koʻrilmagan yuqori darajasi, shu jumladan, Oʻzbekiston – Turkiya aloqalarining strategik sheriklik bosqichi, hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish va samarali ishlashini taʼminlash borasidagi ishlar alohida qayd etilgan.
Nashr mualliflari, shuningdek, oʻquvchilar eʼtiborini Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashidagi faol ishtiroki, Xiva shahrining 2020-yilda “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb eʼlon qilinishi, Toshkentda Turkiy dunyo Ishbilarmonlar kengashining yillik yigʻilishi keng koʻlamli biznes-forumlar bilan birgalikda oʻtkazilishga qaratgan.
Taʼkidlash joiz, “Euronewsport” jurnali Turkiyaning “AB Habercilik” media kompaniyasi tomonidan har ikki oyda bir marta nashr etiladi. Nashr Turkiya va turkiy dunyo mamlakatlari jamoatchiligi hamda ishbilarmon doiralari vakillari orasida alohida obroʻga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring