Ertaga qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

18:01 13 Oktyabr 2025 Jamiyat
308 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 14-oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–12 daraja, kunduzi 25–27 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9–14 daraja, kunduzi 22–27 daraja boʻladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9–14 daraja, kunduzi 22–27 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 25–30 daraja boʻladi.

ToshkentSirdaryoJizzaxSamarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 23–28 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11–16 daraja, kunduzi 29–34 daraja boʻladi.

AndijonNamanganFargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 23–28 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 18–23 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?