Yerqoʻrgʻonda arxeologik qazishma ishlari olib boriladi
Joriy yilning mart-aprel oylarida Qarshi shahri yaqinidagi qadimiy Yerqoʻrgʻon tarixiy arxeologik majmuasida qazilma ishlari boshlanadi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Oʻzbekiston milliy universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik institutidan jalb etiladigan 20 nafar mutaxassislar ushbu ekspeditsiyani olib boradi.
— Yerqoʻrgʻon tarixiy arxeologik majmuasi hududida yer ostida qolgan qadimiy qalʼa devorlari hamda Zardusht ibodatxonasini ochish rejalashtirilgan, — deydi viloyat madaniy meros boshqarmasi boshligʻi Jahongir Halilov. — Qazish ishlarida, shuningdek, viloyatimizdagi oliygohlarning tegishli fakultetlari talabalari ham ishtirok etadi.
Dastlabki bosqichda Yerqoʻrgʻonning 500 metr hududi oʻrganiladi va devorlarning shakli, tuzilishi boʻyicha tushuncha hosil qilingach, qayta tiklanadi. Shundan soʻng bu maskan xorijlik va mahalliy sayyohlar doimiy keladigan turistik hududga aylantiriladi.

Manbalarga koʻra, Yerqoʻrgʻon tarixiy arxeologik majmuasi hozirda eski shahar xarobalaridan iborat boʻlgan turli kattalikdagi balandliklar bilan oʻralgan. Uning atrofida butunlay yoʻqolib ketgan, oʻzaro zich joylashgan shahar oldi imoratlar boʻlgan va ilk mingyillikning birinchi yarmida hududi gʻarbga tomon Qashqadaryo daryosi sohillarigacha choʻzilgan. Yerqoʻrgʻon shahri eramizdan avvalgi VI-II asrlarda u ikki qator devor bilan oʻralgan va maydoni 150 gektarni tashkil etgan. Shahar eftalitlar davlatini ishgʻol qilish davomida Turk hoqonligi va Eron sosoniylarining birlashgan kuchlari tomonidan yoqib yuborilgan hamda vayron qilingan.
Asror Allayarov,
Turizmni rivojlantirish davlat
qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati
hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring