“Eronning AQSHga javobi tayyor” — Xomanaiy uning mamlakati AQSH ustidan gʻalaba qozonganini aytdi

15:50 26 Iyun 2025 Dunyo
251 0

Arxiv foto

Isroil oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini buzsa Eron Fors koʻrfazidagi AQSH bazalari va kemalariga zarba berishi, shuningdek, Hormuz boʻgʻozini yopishi mumkin. Bu haqda “The New York Times” xabar bermoqda.

“Eron hukumati Isroil bilan oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻldi, chunki ular Tehron AQSH va Isroilning ehtimoliy yangi zarbalari qarshisida oʻz pozitsiyasini saqlab qolishi mumkinligiga ishonchlari komil edi”, deya yozadi gazeta.

Maqola mualliflariga koʻra, Eron oʻnlab yillar davomida AQSH bilan toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy toʻqnashuvga tayyorgarlik koʻrgan, shu sababli Fordodagi uranni boyitish zavodini yer ostida — chuqurlikda joylashtirgan. Taʼkidlanishicha, ehtimol, shu tufayli yadroviy inshoot AQSH bunker bombalari tomonidan toʻliq vayron boʻlishdan qutqarilgandir.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Harbiy-havo kuchlarining Eron yadro inshootlariga bergan zarbasini Ikkinchi jahon urushi davridagi Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan atom bombasiga qiyoslagan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Eron hududiga hujum, xuddi Yaponiya misolida boʻlgani kabi janglarni ham tugatdi.

Oʻz navbatida, Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy uning mamlakati AQSH ustidan gʻalaba qozonganini aytdi.

U xalqqa murojaati chogʻida “Eron Isroilni magʻlub etdi va AQSH ustidan ustunlikni qoʻlga kiritdi” dedi.

“Mening ikkinchi tabrigim Eron xalqining AQSH rejimi ustidan qozongan gʻalabasiga bagʻishlanadi. AQSH urushga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashdi, chunki ular buni qilmasa, Isroil butunlay yoʻq boʻlib ketishini his qildi”, — deya taʼkidladi Xomanaiy.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер